
Yana bir himoyachi "Barsa"ni tark etishi mumkin
"Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida RAC1 xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Dortmundning "Borussiya" klubi 20 yoshli fulbek xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Shuningdek, "Fulxem" jamoasi ham Todiboni sotib olish niyatida. Londonliklar allaqachon "ko‘k-anorranglilar"ga rasmiy taklif yuborgan.
Frantsiyalik himoyachi 2019 yil kataloniyaliklar safiga "Tuluza"dan kelib qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumni "Shalke" klubida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar