Yana bir darvozabon Saudiyaga ketmoqchi

  • 24 mart, 16:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana `yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Sun Sport" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli kamerunlik futbolchi kelasi yozda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, "qizil iblislar" o‘z darvozabonini sotishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Onana 2023 yil yozidan beri "Manchester Yunayted" darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, darvozasidan 53 ta gol o‘tkazib yubordi va to‘qqiz marta darvoza daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Onananing ingliz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 32 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!