Yana bir "Barselona" afsonasi "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tadi

  • 3 noyabr, 2023, 14:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda o‘z tarkibiga Linel Messini qo‘shib olgan "Inter Mayami" jamoani kuchaytirishda davom etadi. Klubning keyingi maqsadi Luis Suares bilan shartnoma imzolashdir. 

Tecno

Argentinlik insayder Gaston Edul xabar berishicha, hujumchi qishki transferlar oynasida "Gremio" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida mayamiliklar safiga ko‘chib o‘tadi. Suares bu ishni yozda amalga oshirmoqchi edi, lekin uni klubi qo‘yib yubormadi. 

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchi o‘tgan qishda Braziliya klubiga o‘tgandi. Unda yana Messi bilan birga o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Bu ikki yulduz 2014-2020 yillar davomida "Barselona" sharafafini birga himoya qilgan. Shundan so‘ng 2020 yili Suares, 2021 yili esa Messi Kataloniya jamoasini tark etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!