
Yamalning otasiga hujum qilgan shaxs qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
"Barselona" vingeri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui pichoqlanganidan so‘ng kasalxonadan chiqdi, deb xabar bermoqda "Marca".
Manbaga ko‘ra, hozirda Munirni jarohatlagan to‘rt nafar ayblanuvchidan uchtasi garov evaziga qamoqdan ozod qilingan. Endilikda ulardan ikki nafari har oyda ikki marta sudga murojaat qilishlari shart. Shuningdek, ularga Ispaniya hududini tark etish ham taqiqlangan.
Unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pichoq bilan hujum qilgan shaxs garov huquqisiz qamoqda ekani ta’kidlangan. U qotillikka urinishda ayblanmoqda. Ayblanuvchi qilmishi sababli besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Fikrlar