Gvardiola “Siti”da katta yo‘qotish bo‘lganini tasdiqladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan mavsumning katta qismini og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan “Oltin to‘p” sohibi Rodri yana safdan chiqqanini va ayni paytda davolanayotganini tasdiqladi.
29 yoshli futbolchi 2024 yilning kuzida tizzasidan jiddiy jarohat olib, 2025 yilning may oyi oxirigacha maydondan uzoq yurgan edi. yozda AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rodri “Al-Hilol” bilan bahsda yana shikastlandi.
- Rodri og‘ir jarohatdan keyin juda yaxshi tiklanayotgan edi, biroq “Al-Hilol”ga qarshi bahsda bu gal chov qismidan og‘ir jarohat oldi. Biz sentyabr oyida bo‘ladigan ikki haftalik xalqaro tanaffusdan keyin uning maydonga qaytishiga umid qilyapmiz.
Biz Rodri jarohat bilan o‘ynashini istamaymiz. U eng avvalo, to‘liq tiklanib olishi shart, - dedi Xosep Gvardiola.
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 16 avgust kuni “Vulverxempton” maydonida o‘tkazishi belgilangan.



Fikrlar