Yamal bosh murabbiy Flikka qarshi chiqdi

  • 3 sentabr, 20:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamal La Liganing 3-turidan keyin jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bildirgan fikrlarga qarshi chiqdi.

Tecno

"Rayo Valekano"ga qarshi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugaganidan so‘ng, germaniyalik mutaxassis o‘yinchilarning xudbinligi g‘alaba qozonishga yo‘l qo‘ymaganini ta’kidlagan edi.

- Hisobning xudbinlik bilan hech qanday aloqasi yo‘q, deb o‘ylayman. Shunchaki, o‘yinimiz qovushmadi. Uchrashuvni boshida talab darajasida harakat qila olmadik va diqqatimizni jamlay olganimiz yo‘q.

Flik ko‘p xato qilganimiz va yaxshiroq o‘ynashimiz kerakligini haqida to‘g‘ri gapirdi. Ammo biz juda qiyin uchrashuvlarda to‘qqiz imkoniyatdan etti ochko jamg‘ara olganimizga esa, hech kim e’tibor bergani yo‘q. Biz hali o‘z uyimizda o‘ynaganimiz yo‘q, faqat safarda to‘p tepyapmiz, - dedi Lamin Yamal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!