
Yamal bir zarba bilan rekord o‘rnatdi
Ispaniya chempionatining uchinchi turida La Liganing amaldagi g‘olibi “Barselona” safar uchrashuvida “Rayo Valekano” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Kataloniyaliklar hujumkor futbolchisi Lamin Yamal 40-daqiqada penaltidan to‘p kiritib, hisobni ochdi. Bu gol Laminning nomini tarixga yozilishiga sabab bo‘ldi.
Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, Lamin Yamal La Liga tarixida XXI asrda penaltidan gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu kuni u 18 yoshu 49 kunlik edi.
Ta’kidlash joizki, Lamin Yamal barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda “Barselona” tarkibida birinchi bor 11 metrlik nuqtadan zarba berdi.
Yamal ilgari faqatgina Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida xalqaro uchrashuvlarda penaltini amalga oshirgan edi.
Fikrlar