Yamal "Barsa"da standartlarni ijro etmoqchi

  • 28 may, 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lamin Yamal "Barselona"da standart vaziyatlarni bajarishni xohlamoqda.

Tecno

Avvalroq, 17 yoshli vinger katalon klubi bilan 2031 yilgacha shartnomasini uzaytirgan edi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Yamal jamoadagi hujumkor harakatlar va golli uzatmalar bo‘yicha eng yaxshi futbolchi ekanini anglab etgan. Shu sababli u kelasi mavsumda yanada o‘sishni istamoqda.

Yosh futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlayapti, xususan, o‘yinlarni to‘liq yakunlagisi keladi va kamroq almashtirilishni istaydi.

Yamalning fikricha, o‘yin oxirlarida raqiblar ko‘proq charchaydi, bu esa hujum qilish, golli vaziyatlar yaratish va gol urishni osonlashtiradi. Bu jamoaga ko‘proq o‘yin yutish, sovrinlar qo‘lga kiritish va futbolchining individual mukofotlar uchun kurashishida yordam beradi.

Shu sababli, "blaugrana" akademiyasi tarbiyalanuvchisi o‘zini jarima va penaltilarni ijro etuvchi futbolchilar ro‘yxatiga kiritishga tayyor deb biladi. Hozirda bu ro‘yxatda Robert Levandovski, Rafinya va Ferran Torres bor. Lamin Yamal bosh murabbiy Xansi Flik bu istagini inobatga oladi degan umidda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!