
Yamal 18ga kiryapti, lekin bu shunchaki tug‘ilgan kun emas!
Xabaringiz bor, ertaga Lamin Yamal rasman 18 yoshga to‘ladi. Ammo mehmonlar oddiy tug‘ilgan kun emas, balki yozning eng maxfiy va g‘aroyib kechasida qatnashishadi!
Qattiq qoidalar – hech qanday telefon yo‘q!
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirda mobil telefonlar taqiqlanadi. Hech kim rasm yoki videoga ola olmaydi – hech qanday ma’lumot internetga chiqmasligi uchun shunday chora ko‘rilgan.
Shu bilan birga, mehmonlar ro‘yxati maxfiy saqlanmoqda, lekin "Bad Gyal", "Ozuna", "Duki" va "Black Eyed Peas" kabi mashhur san’atkorlar, shuningdek, "Barselona" va Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshlari ham taklif etilgani aniq.
Bir necha mashhur nashrlarning yozishicha, bayram o‘tkaziladigan joy avvaliga Ibitsa varianti muhokama qilingan, hozirgi taxminlarga ko‘ra, asosiy lokatsiya – Barselona yoki ochiq dengizdagi xususiy yaxta. Manzil faqat bir necha soat oldin e’lon qilinadi.
Marosim uchun qat’iy shartlar:
1. Narkotik moddalarga to‘liq taqiq
2. Joy so‘nggi daqiqalarda aytiladi
3. Barcha xarajatlar – Yamalning hisobidan (uchish, yashash, ovqat)
Bu kun Yamal uchun nafaqat rasman katta yoshga qadam qo‘yish, balki butun jahon gapiradigan tarixiy sanaga aylanishi mumkin!
Fikrlar