
Xushxabar! Mirazizbek Mirzaxalilov chempion bo‘ldi
Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning hal qiluvchi bahslariga ham start berildi. Xabaringiz bor finalga uch nafar o‘zbekistonlik bokschilar yo‘l olgan edi. Ular orasida birinchi bo‘lib, -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilov mezbon Mohamm Alvadiga qarshi chempionlik jangida ringga ko‘tarildi.
Jangda kutilganidek yurtdoshimiz katta ustunlikka erishdi. U o‘zining tezkor va aniq zarbalari bilan raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar