Xushxabar! Aziz G‘aniev mashg‘ulotlarga qaytdi

CHERY AUTO

BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Aziz G‘aniev jarohatidan asta-sekin tiklana boshladi. 

Tecno

Xabaringiz bor, Dubay klubi bugun chempionat doirasida "Baniyas" mehmoni bo‘ladi. Klub matbuoti jamoaning kechgi mashg‘ulotlaridan taqdim etgan suratlarida legionerimizning qaytganini ko‘rish mumkin. Futbolchi hozircha yakka tartibda shug‘ullangan.

Eslatib o‘tamiz, Aziz G‘aniev musobaqaning 16-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Legionerimiz bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. 

Joriy mavsum 23 yoshli yarim himoyachi 15ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan hamda o‘z nomiga 4 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!