Xose Venansio Lopes: Ba’zida taktik tayyorgarlikdan ko‘ra ruhiy tayyorgarlik muhimroq bo‘ladi

  • 28 aprel, 2024, 16:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 3-o‘rin uchun o‘yin doirasida Tojikiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Asosiy vaqtlarda 5:5 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Vakillarimizdan gollarga Ilhom Hamroev, Elbek To‘lqinov, Mehroj Xudoyberdiev, Ixtiyor Ropiev va Akbar Usmonov mualliflik qildi. Seriyada esa hamyurtlarimiz zafar quchdi - 3:1. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinning borishi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtimizda, 3-golni urishimiz va o‘yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik va Tojikiston hatto g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq penaltilar seriyasida adolat tantana qildi va biz bugun g‘alabaga haqliroq edik.

Osiyo kubogida g‘olib bo‘lish uchun etishmagan jihat haqida
— Jahon chempionati oldidan ko‘p jihatlarimizni yaxshilashimiz va yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Ba’zida taktik tayyorgarlikdan ko‘ra ruhiy tayyorgarlik muhimroq bo‘ladi. Chunki Eronga qarshi bahsda aynan shu omil bizga pand berdi. Yigitlar ma’lum vaqt kontsentratsiyani yo‘qotishdi. Barchaga birdek munosabatni saqlab qolishimiz kerak. Bu g‘alaba uchun eng muhim elementlardan biri.

Tojikiston terma jamoasi va bugungi bahs haqida 
— Tojikiston terma jamoasi ushbu turnirga juda yaxshi tayyorlangan va o‘yin jihatdan ancha o‘sishga erishgan. Ayniqsa guruhda 1-o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l olganidan so‘ng, ruhiy tomondan ham o‘sgan. Ular hech qachon taslim bo‘lishmaydi, oxirigacha jang qilishadi va juda raqobatbardosh jamoa. Motivatsiyamiz bo‘lmagani sababli nazoratni yo‘qotdik, ayrim vaziyatlarda futzalchilarimiz xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Avvalgi uchrashuvlardagi g‘alabalarimiz va bugungi yutug‘imiz o‘rtasida juda katta farq bor.

Murabbiy jamoada nimalarni o‘zgartirgani haqida
— Jamoaga kelganimdan so‘ng bir qancha taktik o‘zgarishlar qildim. Jamoaga yangi sxemalarni kiritdim, lekin men uchun eng muhimi, jamoamiz turli vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishlari, o‘yinni nazorat qilishlarida. O‘ylaymanki, bu biz yaxshilashimiz kerak bo‘lgan eng katta muammo, chunki o‘yinni nazorat qilish uchun umuman xatolarga yo‘l qo‘ymaslik lozim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!