
Xorvatiyadan yirik g‘alaba, Turkiya esa o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
"JCh-2022" saralash bosqichi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
O‘z maydonida Norvegiyani qabul qilgan turklar 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Aktyurkoglu gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, Torstvedt muvozanatni tikladi va mazkur hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi.
Kipr maydoniga safar qilgan xorvatlar saralash bosqichining 7-turida 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Perishich hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Gvardiol oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yin yakuniga yaqin Livaya gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga kelishini ta’minlab berdi.
Fikrlar