Xorij klublariga xabar: O‘zbekistondan “yangi Shomurodovlar” etishib chiqmoqda!

  • 7 oktabr, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi va sardori Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qiluvchi Qahhor Mo‘minov “Sport ekspress” gazetasiga katta intervyu berdi.

Tecno

Mazkur kompaniya Eldor Shomurodovning O‘zbekistondan avval Rossiyaga, keyinchalik Italiya chempionatiga yo‘l olishida muhim ahamiyat kasb etadi.

volga (1)

Eldor ushbu kompaniya mutaxassislar yordamida Evropa darajasida o‘ynay oladigan yulduzga aylandi. Hamyurtimiz kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan A Seriyada uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.

2020 yilning oktyabrida Genuyaning “Jenoa” jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchimiz debyut mavsumida sakkizta gol bilan poytaxtga – “Roma”ga ko‘chib o‘tdi.

Uning agenti Qahhor Mo‘minov Rossiyaning nufuzli nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodov ortidan iste’dodli yoshlar etishib chiqayotganini va Osiyo bozoriga e’tibor qaratio‘ lozimligini ma’lum qildi.

E’tiboringizga ushbu intervyuning biz uchun e’tiborga molik qismini havola etamiz.

- Rossiya klublari Osiyo bozoriga jiddiyroq e’tibor qaratishi lozim, deb hisoblaysizmi?

- Albatta. Tanlovni o‘zgartirish kerak.

- O‘zbekistonda “ikkinchi Shomurodov” bormi?

- Ikkinchisi ham, uchinchisi ham bor.

- Tushunmadim...

Masalan, “Nijniy Novgorod”da bir futbolchimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘ynamoqda. Iqtidorli va salohiyati baland yigit.

Rossiya premer-ligasiga ko‘nikib olishi uchun yarim yil kerak bo‘ldi xolos. Keyin zo‘r o‘ynay boshladi. Hozirning o‘zida unga Rossiya premer-ligasining kuchli klublaridan ikkita taklif bor. Osiyo jamoalari haqida ham shunday deyish mumkin.

e05f2d1124001e1494eb35dfb93ba372

Unga tengqur bo‘lgan Hojimat Erkinov “Torpedo”da o‘ynayapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Kamerun darvozasini ishg‘ol qildi.

Yana o‘sib kelayotgan iste’dodlar ko‘p. Dalat futbol infrastrukturasiga katta e’tibor qaratyapti. So‘nggi yigirma yilda nafaqat viloyatlar, balki tumanlar markazlarida ham yangi stadionlar qurildi.

Futbolka kirib kelayotgan bolalar oqimi juda katta. “Bunyodkor” akademiyasining o‘zida 2000 nafar bola shug‘ullanadi. Bu sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.

Davomi bor...

Ispanlar Shomurodovni unutgani yo‘q!

Shomurodov, tayyorlan!

Ekspertlar bahosi: Shomurodov qahramon bo‘lishi mumkin edi...

O‘runov "modnyy" yigit!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!