
Xomyakov "Mash’al"dagi ilk norasmiy o‘yinini mag‘lubiyat bilan boshladi
Kecha “Mash’al”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Aleksandr Xomyakov bugun jamoasi bilan ilk norasmiy o‘yinini o‘tkazdi.
Navoiyda “Qizilqum” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv gollarga boy o‘tdi. E’tiborlisi, mezbonlarning gruziyalik hujumchisi Mate Vattsadze xet-trikka erishdi. “Mash’al” esa Xumoyun Murtazoevning yagona goli orqali bir bor javob qaytardi - 3:1. Shunday qilib, Xomyakovning qadrdon klubidagi dastlabki uchrashuvi mag‘lubiyat bilan tugadi.
“Mash’al”: Botir Nosirov, Samandar Shukurullaev, Zafar Akramov, Samuel Ononivu, Ibe Okoro, Siroj Qo‘ziev, Shahzod Shaymanov, Jamoliddin Ubaydullaev, Muhammadali Yo‘ldoshev, Sardor Abduraimov, Xumoyun Murtozaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shohrux Eshbo‘taev, Adbumalik Norqobilov, Zoir Tursunov, Doniyor Usmonov, Feruz Muyinov, Abdulaziz Yakubov, Muslim Qurbonov, Ukeme Uilyams, Ifiani Ifiani.
Fikrlar