
Xolandni “changida qoldirib ketadigan” o‘yinchi topildi
BBC Sports nashri tahlilchilari statistikaga ixtisolashgan Opta markazi mutaxassislari bilan birga Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng tezkor futbolchisini aniqladi.
Unga ko‘ra, “Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven Premer-liganing eng tezkor futbolchisi bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchi soatiga 37,1 kilometr tezlikda yugurgani qayd etilgan.
Bu “Manchester Siti” to‘purari va eng tezkor futbolchisi Erling Xoland ko‘rsatkichidan baland natija. Norvegiyalik forvard qayd etgan tezlik soatiga 35,7 kilometrni tashkil qildi va bu bor-yo‘g‘i to‘rtinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Angliya Premer-ligasida Mikkidan tashqari, “Vulverxempton” vakili Karlush Borjesh (36,6 km/s) va “Nottingem Forest” o‘yinchisi Entoni Elanga (35,9 km/s) ham Xolanddan tezkor hisoblanadi.
Keyingi o‘rinlarda “Arsenal” futbolchisi Gabriel Martinelli (35,6 km/s), “Manchester Yunayted”dan Alexandro Garnacho (35,5 km/s), “Chelsi”dan Pedru Netu (35,4 km/s), “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnold (34,7 km/s) qayd etilgan.
Fikrlar