
Xolandga o‘rinbosar topildi
Dortmundliklar asosiy yulduzi Erling Xolandni klubda ushlab qololmaydi. Ayni paytda hujumchining vakillari xaridor klublar bilan muzokara o‘tkazmoqda va katta ehtimol bilan norvegiyalik to‘purar yozda boshqa klubga o‘tadi.
“Borussiya” o‘z odatiga ko‘ra, arzonga olgan futbolchisi transferidan o‘n karra daromad qilishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, dortmundliklar Xolandning o‘rniga boshqa hujumchi olishga tayyorlanmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Dortmundga PSV hujumchisi Doniell Malen olib kelinadi. Bu futbolchi ham anchadan beri Evropaning kuchli klublari nishonida turibdi.
PSV joriy mavsumda 26 ta uchrashuvda 15 ta gol urgan forvardni 30 million evroga qo‘yib yuboradi.
Fikrlar