
Xolanddan 2 million evro qizg‘onganimiz achinarli!
“Everton”da murabbiylik qilgan Dankan Fergyuson “irislar” Erling Xolandni juda arzon narxga olish imkoniyatiga ega bo‘lganini gapirdi.
- Erling Xoland qanchalar zo‘r o‘yinchi, shunday emasmi? Xoh ishoning, xoh ishonmang u “Everton” futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Otasi uchun klubga olib kelganda, rahbaryat u bilan shartnoma imzolashni istamagan.
“Everton”ga kelganida 15-16 yoshli o‘smir edi. O‘sha paytdagi jamoasi “Bryune” transfer uchun 2 million funt atrofida mablag‘ so‘ragan. Klub uni sotib olishdan bosh tortgan, - dedi Dankan Fergyuson.
Xoland yozda “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Angliyadagi debyut mavsumida tinimsiz gol urmoqda.
Fikrlar