Xoland va Messi birga o‘ynay olmaydi

  • 28 mart, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” to‘purarlik mahorati bilan deyarli barcha grandlarning orzusiga aylangan Erling Xolandga xaridor hisoblanadi. Klubning yangi prezidenti Joan Laporta saylovdan oldin muxlislarga norvegiyalik hujumchini olib kelishni va’da qilgan edi.

Tecno

Biroq, endi ma’lum bo‘lishicha, Lionel Messi klubda bor ekan Erling Xolandni Kataloniyaga olib kelib bo‘lmaydi. Bunga birinchi navbatda kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli yo‘l qo‘ymaydi.

Agar Lionel Messi mavsum oxirida “Barsa” bilan yangi bitim imzolaydigan bo‘lsa, Xolandning transferi uchun pul qolmaydi. “Borussiya” norvegiyalik hujumchisini qo‘yib yuborishi uchun 130 million evro atrofida mablag‘ talab qiladi. Qolaversa, futbolchining agenti Mino Rayola ham juda katta miqdorda gonorar oladigan mutaxassislar toifasiga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!