
Xoland o‘ziga jamoa tanladi
Mavsum yakunlanishi bilan “Borussiya”ni tark etishga qaror qilgan norvegiyalik hujumchi Erling Xoland oldida ikkita variant paydo bo‘ldi.
Birinchisi, “Real” klubi anchadan beri Xolandga og‘iz solib kelmoqda. Biroq, ayni paytda madridliklarda bu transfer uchun ortiqcha mablag‘ yo‘q. Shuning uchun Zidan jamoasi bu transferni 2022 yilga mo‘ljallayotgan edi.
Ikkinchi tomondan Xolandning hamyurti Sulsher uni “Manchester Yunayted”ga chorlamoqda.
Xolandning o‘zi madridliklar taklifini qabul qiladigan bo‘ldi. Chunki u “Real” safida terma jamoadagi do‘sti Martin Edegor bilan birga to‘p tepish imkoniga bo‘ladi. Edegorning o‘zi bir necha yil ijarada o‘ynaganidan keyin joriy mavsumdan e’tiboran asosiy tarkibga kiritildi.
Fikrlar