Xoland hozir uni “Manchester Siti” qiziqtirmasligini aytdi

  • 22 mart, 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Angliya klubi joriy mavsumda duch kelayotgan muammolarni ochib berdi.

Tecno

- Hozir men Norvegiya terma jamoasi uchun o‘ynayapman va “Manchester Siti” haqida bosh qotirishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Shuni aytishim mumkinki, jamoa bilan birga faqat oldinga intilishdan boshqa chora yo‘q. O‘zimizni oqlashning mavridi emas, harakat qilish kerak xolos, - dedi  Erling Xoland.

24 yoshli hujumchi “shaharliklar” safiga 2022 yilning yozida olib kelingan va shundan beri ikki bor Angliya Premer-ligasi g‘olibi bo‘ldi va bir marta Evropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Angliya Premer-ligasida Xoland hozirgacha 93 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 83 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi. Uning shartnomasi 2034 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!