
Xokkey. Toshkent birinchi marta KHL uchrashuviga mezbonlik qiladi!
22 dekabr kuni Toshkentda Moskvaning “Spartak” va Minskning “Dinamo” klublari o‘rtasidagi KHL chempionatining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu bahs 12 mingga yaqin tomoshabinga mo‘ljallangan "Humo Arena"da bo‘lib o‘tadi.
"Biz KHL Jahon o‘yinlari loyihasining qaytishini e’lon qilishdan mamnunmiz. Ishonchim komilki, Toshkentdagi o‘yin yuqori saviyada o‘tadi va yangi muxlislarni o‘ziga jalb qiladi. Biz uchun yangi mamlakat – O‘zbekistonda KHL sharafini himoya qiladigan “Dinamo” va “Spartak” jamoalariga alohida rahmat aytmoqchiman”, — dedi KHL prezidenti Aleksey Morozov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston KHL uchrashuvlariga mezbonlik qiladigan 16-mamlakat, Toshkent esa 49-shahar bo‘ladi.
Fikrlar