
Xokkey. "Humo" "Gornyak"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turi doirasida safarda “Gornyak” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Afsuski, overtaymlarga qadar etib borgan ushbu uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland keldi - 4:3.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Humo” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 37 taga etkazib oldi va 4-o‘rinda qoldi. G‘alabaga erishgan “Gornyak” esa 31 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar