
Osiyo chempionati. Bugun 7 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz!
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Musobaqa doirasida bugun ikki yosh toifasidagi bokschilarimiz ham janglarga kirishadi. Yoshlarimiz ertalabki dasturda bahs olib borsa, 22 yoshgacha bo‘lgan vakillarimiz kunning ikkinchi qismida, chorak finalda ringga ko‘tariladi.
-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov - Kit Fu Tang (Gong Kong);
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Erlan Ergeshov (Qirg‘iziston);
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Natthaphong Pimsen (Tailand);
-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Chathuri Sirivarda (Shri-Lanka);
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Junya Feng (Xitoy);
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Seina Adachi (Yaponiya);
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Nurul Izza Nukuhehe (Indoneziya).
Bahslar (U-19) Toshkent vaqti bilan 09:00 dan boshlab start oladi. Ikkinchi dastur (U-22) uchrashuvlari esa, 15:00 ga to‘g‘ri keladi. Bu xaqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar