
"Atletiko" yulduzi Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi yulduz futbolchisi Antuan Grizmann faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli frantsiyalik hujumchiga "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar Grizmann transferi uchun "matraschilar"ga taxminan 20 million evro taklif qilishga tayyor.
Transfermarkt portali frantsiyalik futbolchining narxini 18 million evro deb baholagan. Grizmannning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar