
Xokkey. "Humo" "Gornyak"ga qarshi ikkinchi bahsda g‘alaba qozondi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turi doirasida safarda “Gornyak” jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Bu safar g‘alaba “qanotlilar” tomonda bo‘ldi. Qiziqarli kechgan o‘yinda 1:2 hisobida “Humo”ning qo‘li baland keldi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Humo” o‘z ochkolari sonini 39 taga etkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘rini saqlab qoldi. Mag‘lubiyatga uchragan “Gornyak” klubi ham 31 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda “Gornyak” 4:3 hisobida “Humo”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar