Xoakin Baklining o‘zbekistonlik yaqin do‘sti Nursulton Ro‘ziboev bilan jangdagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi!

  • 30 aprel, 2024, 20:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lumki, 12 may kuni yurtdoshimiz Nursulton Ro‘ziboev UFCda 3-jangini o‘tkazadi. U yarim o‘rta vazn toifasida reytingda 11-o‘rinda qayd etilgan, amerikalik  Xoakin Bakli bilan jang qiladi.  Bakli Impa Kasanganay ustidan faoliyatidagi eng chiroyli g‘alabasini qo‘lga kiritganidan so‘ng,   Sports.uz sayti uchun maxsus intervyu bergan edi. Bu suhbatni uyushtirishga asli o‘zbekistonlik bo‘lgan va oilaviy AQShda istiqomat qiluvchi Murodbek Choriev yordam bergan edi. Ma’lumki, Murodbek ham mahoratli MMA jangchisi va u Xoakin Baklini yaqin do‘sti bo‘ladi.  Biz ushbu hamyurtimizdan Nursulton Ro‘ziboev va Xoakin Bakli qarama-qarshiligi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Yaxshi bilasiz, Xoakin bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazamiz va yaqin do‘stim hisoblanadi. Nursulton aka bilan ham yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ldim va hamyurtim hisoblanadi. Har ikkisi ajoyib jangchilar. Nursulton Ro‘ziboevning qo‘llari uzun va bu uning foydasi uchun xizmat qiladi. Xoakinda esa bitta zarbada nokaut qiluvchi kuch mavjud. Albatta, bu jangda g‘alaba  kimning taktik rejasi yaxshiroq ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. G‘alaba har ikki tomonga ham ketishi mumkin. Kim g‘alaba qozonishini o‘sha kuni bilib olamiz. Shuni aytishim mumkin-ki, ajoyib jang bo‘ladi!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!