
Xayrulla Hamidov: VARli muammoga xush keldik!
Taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘zining telegramdagi sahifasi orqali bugun bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona" - "Turon" (1:0) bahsidagi noto‘g‘ri belgilangan penaltidan so‘ng VAR tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Oldin VAR yo‘q edi futbolimizda, inson faktoriga yo‘yib, xatoni tushunib ketaverardik. Endi ba’zi o‘yinlarda ishlatilyapti, davomidan boshlangan VARsiz o‘yinlardagi xatolar juda xunuk ko‘rinyapti. Asabiylik avjida.
Bu xuddi Evropa VARga o‘tgan, APL ishlatmay turganida kulgiga qolgandagi holatga o‘xshaydi.
Yoki bir maslahat: VAR ishlatiladigan o‘yindan keyin bir kuncha o‘yin qo‘ymay tursinlar. Shunda taqqoslash, hozirgina VARning foydasi bilan to‘g‘rilangan xatolarni eslash bo‘lmaydi.
"Turon" darvozasiga belgilangan penalti keng tarzda muhokama qilinayotgani sababi shu.
"Kichkina tabib"da aytilganidek, homiladorlik chala bo‘lmaydi. Yo bo‘ladi, yo yo‘q. VAR ham hamma o‘yinda ishlamaguncha endi oldingidan ko‘proq janjal chiqaveradi", - dedi Hamidov.
Fikrlar