
Xavi: "Real" qasos olmoqchi"
Chorshanba oqshomida "Barselona" Ispaniya kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvida "Real"ni qabul qiladi. Birinchi o‘yinda kataloniyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
"Ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi bo‘lajak o‘yindan odin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men tajovuzkor "Real" Madridni kutyapman. Biz ularni tinchlantirishga harakat qilamiz va xarakter ko‘rsatib, to‘pga egalik qilishga harakat qilamiz. Ko‘ryapmanki, jamoam tayyor.
O‘ylaymanki, "Real" bizdan o‘ch olmoqchi, chunki oxirgi uch o‘yinda bizdan mag‘lub bo‘lgan. Ammo oldingi natijalar hech narsani anglatmaydi. Men juda qiyin va juda keskin o‘yin kutaman. "Real" g‘alabaga o‘ch jamoa, ularda ko‘plab top futbolchilar bor", - dedi Xavi matbuot anjumanida
Fikrlar