Xavi: Bu hujumchi raqibga qo‘rquv soladi

  • 11 oktabr, 2023, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasining eng taniqli hujumchisi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi.

Tecno

-Mening o‘yin falsafam o‘zgarmaydi. Lekin Robert Levandovski ko‘p qirrali o‘yinchi ekani va raqiblarga qo‘rquv solishini alohida ta’kidlashim kerak. U raqiblarning markaziy himoyachilarga juda ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi.

Biz Levandovskining o‘rnini egallaydigan futbolchi ham xuddi shu ishlarni qilishini istaymiz, biroq bu oson bo‘lmaydi.  Levandovski singari jahon miqyosidagi yulduzning o‘rnini bosish juda og‘ir, - dedi Xavi Ernandes.

35 yoshli hujumchi 4 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Portu”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda jarohat olib, safdan chiqqan. Hozircha, polshalik o‘yinchining qachon maydonga qaytishi mavhum bo‘lib turibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!