
Xavi "Barselona"ga "Chelsi"dan zo‘r futbolchi olib kelishni maqsad qilgan
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin. Marca nashrining yozishicha, 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Barselona" jiddiy qiziqib qolgan. Kataloniyaliklar uni mavsum yakunlangach, yozgi transferlar davrida qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Ta’kidlash kerakki, yozda Aspilikuetaning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Sesar Aspilikueta "Barsa"da Serjino Destning o‘rnini egallashi mumkin. Boisi Destning o‘yini Xaviga ma’qul kelmayapti.
Aspilikuety joriy mavsum "Chelsi"da 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar