Xavi "Barselona"da sotilmaydigan futbolchilar nomii aytdi

  • 24 fevral, 2023, 16:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida o‘yinchilarni keng ko‘lamda sotishni rejalashtirgan. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchilar maoshini 200 million evrogacha qisqartirishi kerak, deb xabar beradi "El Nacional" nashri.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar safida jamoa ustozi e’tirof etgan 6 nafar futbolchidan tashqari hamma jamoani tark etishi mumkin. Xavi Ernandes nomini olgan futbolchilar ro‘yxatida Robert Levandovski, Ronald Arauxo, Pedri, Gavi, Jyul Kunde va Andreas Kristensen kabi futbolchilar bor.

Ispaniya chempionatining 22-turidan so‘ng "Barselona" eng yaqin ta’qibchisi "Real"ni 8 ochkoga ortda qoldirib, 1-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!