Xarri Maguayr: Biz "Old Trafford"ni haqiqiy qabristonga aylantirishimiz kerak

  • 12 avgust, 2019, 08:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsumlar oralig‘ida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan himoyachi  Xarri Maguayr kecha APLning 1-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga (4:0) qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men va jamoam uchun yaxshi start bo‘ldi. O‘yin davomida ozroq asabiylashdim, chunki bu mening “Old Trafford”dagi ilk o‘yinim edi. Ikkinchi bo‘limda biz nisbatan ishonchliroq o‘ynadik.

Biz o‘z stadionimizni haqiqiy qabristonga aylantirishimiz kerak”, - deydi angliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!