
"Xanchjou-2022": Sitora Turdibekova ishtirokidagi jang yakunlandi
Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlari doirasida boks bahslari davom etmoqda. Ayollar o‘rtasida 57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sitora Turdibekova chorak finalda hindistonlik Parvinga qarshi ringga ko‘tarildi.
Afsuski, bahs yakunida 5:0 hisobida Parvin g‘alaba qozondi. Endi hindistonlik bokschi yarim finalda Lin Yu Ting va Buapa Porntip jangi g‘olibiga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar