
Xamzat Chimaev dyu Plessini finish qilishga nima uchun shoshilmadi?
UFC sobiq jangchisi Xabib Nurmagomedov chechenistonlik Xamzat Chimaev va janubiy afrikalik Drikuch dyu Plessi o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Men Xamzatga raqibni finish qilishga shoshilmaslik zarurligini aytgandim. Chunki buning bir necha sabablari bor edi. Birinchidan, oldinga intilish juda katta risk. To‘g‘ri, siz raqibga bosim o‘tkazib, ko‘proq zarbalar yo‘llashingiz mumkin, biroq kichik xato qimmatga tushishi aniq. Ikkinchidan, Plessi ham yosh bola emas. U o‘sha paytda UFC chempioni edi. Ehtimol, Drikus qog‘ozda kuchsizroq ko‘ringandir, lekin amalda bunday emasligiga hammamiz guvoh bo‘ldik", - dedi MMA afsonasi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 319" turnirida Chimaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra dyu Plessini mag‘lub etib, o‘rta vaznda chempionga aylandi.
Fikrlar