
Xakimi: "Biz butun qit’aning obro‘sini ko‘tardik"
Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Xakimi uchinchi o‘rin uchun bahs doirasidagi Xorvatiyaga qarshi uchrashuv (1:2) haqida fikr bildirdi va Marokash termasining turnirdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Biz bu qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tishimizni kutmagan edik, muxlislarni etarlicha xursand qila oldik. Uchinchi o‘rinni maqsad qilgan edik, biroq ushbu natijadan ham faxrlansak arziydi. Muxlislarga so‘nggi g‘alabani taqdim eta olmadik, lekin boshimizni baland ko‘tarib ketyapmiz.
Bu nafaqat Marokash, balki bizni qo‘llab-quvvatlagan butun qit’a uchun ham sharaf edi. Biz qit’aning obro‘sini ko‘tardik. To‘rtinchi o‘rin ham tarixiy yutuq. Barcha futbolchilar mamlakatimizda ajoyib kutib olinishga haqli.
Yarim finalga chiqish oson emas. Bu erga etib kelolmagan ajoyib jamoalar bor. Endi biz Afrika kubogiga ushbu ishonch va kuchli motivatsiya bilan borishimiz mumkin bo‘ladi", - deya Xakimining so‘zlarini keltiradi EFE.
Fikrlar