
Xabibning o‘rniga Fergyusonga qarshi kim jang qilishi mumkinligi ma’lum
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning o‘rniga Jastin Getji UFC 249 turniri doirasida Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko‘tarilishi mumkin.
Getji nomzodini UFC tashkiloti Fergyusonga taklif qildi. Bunga sabab, Nurmagomedov Rossiyadan tashqariga chiqa olmasligida bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, UFC 249 musobaqasi hamon 18 aprel kuniga mo‘ljallanmoqda.
Fikrlar