Boks. U-22 terma jamoamiz Osiyo chempionatini super natijalar bilan yakunladi!

  • 11 avgust, 14:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.

Tecno

Bugun - musobaqaning so‘nggi kuni doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘zlarining final bahslarini o‘tkazdi.

Ushbu bosqichda jamoamiz eng ko‘p – 14 nafar vakil bilan ishtirok etdi.

Kumush medal. -48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Robiyaxon Baxtiyorova qozog‘istonlik Gulnaz Bo‘ribaevaga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Oltin medal. Gulsevar Ganieva  -51 kg vazndagi finalda Vetnam vakilasi Thi Ngos Tran Nguen ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.

Oltin medal. -57 kg vaznda Xumorabonu Mamajonova hindistonlik Yatri Shirishkumarni qiyinchiliksiz engdi - 5:0.

Kumush medal. -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Oysha Toirova qozog‘istonlik Bakit Seidishga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Oltin medal. Samandar Olimov uch karra Osiyo chempioniga aylandi. Bokschimiz -55 kg vazndagi finalda mo‘g‘ilistonlik Dulguunsaixan Xarxuga imkon qoldirmadi - 5:0.

Kumush medal. -60 kg vaznda o‘tkazilgan bahsda, Shoxrux Abdumalikov qozog‘istonlik Nurislam Kaldibaevga hakamlarning qarorlariga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi - 2:3.

Oltin medal. Sayat Ilyasov Osiyo chempioni. Bokschimiz -65 kg vazndagi bahsda, qozog‘istonlik Ilya Kalininni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Oltin medal. -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Muhammadazizbek Ismoilov yana bir qozog‘istonlik Nurbek Mursalni 4:1 hisobida taslim etdi. 

Oltin medal. Shavkatjon Boltaev Osiyoda tengsizligini yana bir bor isbotladi. Bokschimiz -75 kg vazndagi finalda hindistonlik Neerajni "chopib tashladi" - 5:0.

Kumush medal. -80 kg vazndagi finalda, Rahmatullo Boymatov qozog‘istonlik Sanjar-Ali Begalievga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Oltin medal. Abdulaziz Abdurahmonov -85 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda, eronlik Sam Estakidan 5:0 hisobida ustun keldi.

Kumush medal. -90 kg da Shaxzod Polvonov hakamlarning qarorlariga ko‘ra, qozog‘istonlik Temirlan Mukataevga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Oltin medal. Halimjon Mamasoliev ham Osiyo chempioni. Bokschimiz +90 kg vaznda hindistonlik Ishan Katariani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kumush medal. -54 kg da Uzukjamol Yunusova mezbon sportchi Natnicha Chongprongklangdan engilib, musobaqani ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
11/08/2025 15:51
Козок биродарларимизга финалларда 2:5 га ютказибмиз!
Хавотир холат!