Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi Davron Fayziev talqinida...

  • 10 dekabr, 2019, 21:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 14
  • MMA
CHERY AUTO

 

Tecno

Ayni kunlarda sport olamidagi eng katta mavzu, UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov va ushbu dvizion etakchisi Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang bo‘lmoqda deb bemalol ayta olamiz. Yaqindagina ushbu to‘qnashuv muddati va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, butun dunyo ularning imkoniyatlari borasida, jang qanday yakun topishi xususida sportchilar, mutaxassislar hamda muxlislar tomonidan turli xil fikrlar yangramoqda.

Go‘yoki butunjahon ikkiga bo‘lingandek, bunday holatni faqat futbolda, “Real”-“Barsa” jamolari yoki Ronaldu va Messi o‘rtasidagi vaziyatlarda kuzatishingiz mumkin. UFC shu darajada ommalashmoqdaki, ushbu promoushen janglarida ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kurrai zamin muxlislari ikkiga bo‘linnishmoqda. Bunday voqeani Xabib va Konor jangidan avval ham kuzatgan edik. Mana Toni bilan jangga ham undanda qiziqish yuqori... Bu albatta UFC ning juda katta yutug‘i desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Albatta, mamlakatimizda ham mazkur sport turi tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, rasman assotsiatsiya tashkil qilinishi, GFC ning yubiley 20-turniri Toshkentda o‘tkazilishi, yanada MMAga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi.

Shunday omillarni hisobga olib, o‘zbekistonlik sportchilar, mutaxassislarning ushbu qarama-qarshilik haqida qanday fikrlar bildirayotganini e’tiboringizga havola etib borayotgan edik. Ya’ni, bu borada 3- qismini taqdim qilishga ham ulgurdik.

Bugun esa, o‘zbek sport jurnalistikasining etakchi vakillaridan biri, ayniqsa MMA borasida juda yaxshi va ajoyib bilimga ega bo‘lgan Davron Fayzievning mazkur to‘qnashuv borasidagi fikr va mulohazalarini taqdim etamiz.

 - Xabib bilan Fergyuson! Bu jang haqida eshitganimda birinchi navbatda meni xayolimga kelgan narsa, jang bo‘larmikan degan shubha bo‘ldi. To‘rt marta UFC bu jangni tashkil qilmoqchi bo‘lgan. Barchasi o‘xshamagan. Har-xil sabablar bor. Ikki marta Xabib sababli, ikki bor Fergyuson tufayli bekor qilingan. Hatto, Dana Uayt bu to‘qnashuvni boshqa tashkil qilmasligi borasida jahl bilan gapirib o‘tgandi.

Oxirgi marta Fergyuson Nyu-Yorkdagi matbuot anjumaniga ketayotganida qoqilib tushib, tizzasidan jarohat olganda, UFC prezidenti g‘azab bilan shunday degan edi. Ammo, Dana Uaytning ushbu so‘zlari amalga oshmasligiga sabab, uning yolg‘onchiligida emas, shunchaki bu ikki jangchi o‘zaro oktagonga chiqmasa bo‘lmasdi. Chunki har ikkisi ham UFC da mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

 Ikki dominant bitta vazn toifasida ishtirok etyapti, mag‘lubiyatsiz odimlashmoqda. To‘g‘ri, Fergyuson yutqazgan, lekin bu voqea ancha avval sodir bo‘lgandi. Qolaversa, unda ham 12 ta jangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya mavjud, huddi Xabib kabi... Mana shunday ikki jangchi bitta vaznda ishtirok etib, o‘zaro jang o‘tkazmasligi, bu UFC ning obro‘siga ham to‘g‘ri kelmasdi.

6811574432934

Chunki, ushbu promoushenning eng katta plyus tomoni, kuchlilar har doim bir-biri bilan albatta to‘qnash kelishida... Shuning uchun, bu erda hatto Dana Uayt UFC prezidenti bo‘lgan taqdirda ham, birgina uning jahl qilishi bilan bu to‘qnashuvni chetlab o‘tish katta xato bo‘lardi. Bu jang baribir bo‘lishi kerak edi.

Endi bevosita imkoniyatlarga kelsak, UFC da taxmin qilish har doimgidek qiyin. “Apset”(yulduzlarning  kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrashi) lar ham  uchrab turadi. Deylik, Fergyuson Xabibni ustidan g‘alaba qozonsa, bu juda katta “apset” ham deb bo‘lmaydi. Chunki, Toni ushbu promoushenda aytib o‘tganimizdek, Xabib singari g‘alabali seriyani davom ettirmoqda.

xabib

Shuningdek, Fergyusonni Xabibning avvalgi raqiblaridan bitta farqi bor. So‘ngilaridan deylik, ya’ni Toni xech qachon “parter”dan qochmagan. “Teykdaun” o‘tkazib yuborilsa ham Toni xavfliligicha qoladi. U “parter”dan turib huddi Xabib kabi “sabmishn”( yiqitib olib, bo‘g‘ish)lar qila oladi. Yotgan joyida muddatidan oldin g‘alaba qozongan janglarini ko‘p ko‘rganmiz. O‘sha yotgan holatda Fergyuson juda xavfli bo‘ladi. Shuning uchun, Xabibning “teykdaun”lar qilishi unga yaqqol ustunlik bermaydi.

Ochko beradi. Konor MakGregor bilan jang qanday bo‘lgandi? Ko‘pchilik Xabib “teykdaun” qilsa bo‘ldi. Konor tamom bo‘ladi va o‘sha “parter”ni o‘zida Nurmagomedov g‘alaba qozonadi deya, taxmin bildirgandilar. Aslida shunday ham bo‘lib chiqdi. Huddi shu voqeylik Pore bilan ham yuz berdi. Yiqitib oldi va yutdi. Lekin Toni bilan yiqitib oldi degani bu yutuq emas.

e3913968d684ce414051bad3204ecef15acc8512cc3b9392710497

Toni yotgan holatida ham yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, juda xavfli. AQShlik jangchida yana bitta qurol bor. Bu noodatiy uslub! Xabib tayyorlanishi mumkin. Raqibni o‘qib-o‘rganib chiqishi mumkin. Biroq o‘sha kuni Fergyuson qanqa uslubda ishlashini bilmaydi. Deylik, Toni 10 ta jang o‘tkazsa, 10 xil uslubda harakat qiladi. Tirsaklar, tizza uning xavfli quroli, Xabib ko‘proq yaqin masofaga intiladi. Shunday holatda Fergyusonning tirsagi va tizzasi ishga tushadi.

UFC da Xabib xech qachon jarohat olmagan. Bu safar shunday holat kuzatilish ehtimoli bor. Okean orti vakilining o‘sha tirsaklari ancha-muncha jarohat olmaydigan jangchilarni qoshini yorgan, burnini sindirgan, labini qonatgan. Shuning uchun, ushbu to‘qnashuvda dog‘istonlik jangchining yuzi birinchi bor qonga belanishi mumkin.

large

Shu tomonlari xavfli Toni Fergyusonning... Xabib Nurmagomedovga to‘htaladigan bo‘lsak, hozir uning uslubini yosh bolalardan so‘rasangiz ham aytib beradi. Hamma biladi, xech kim to‘xtata olmaydi!!! Hamma biladi uning nima qilishi mumkinligini, nima qilsa xavfli bo‘lishini, ammo xech kim unga qarshi chora topa olmayapti. Shunday ekan, Xabib o‘sha-o‘sha jangni olib boradi. Imkon bo‘lganda “teykdaun”qiladi.

Imkon bo‘lganda “graund en paund” ya’ni yotgan raqibiga zarbalar beradi. Imkon bo‘lganda uni bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qiladi. Xabib va Tonida bitta o‘xshash jihat bor. O‘zi uslublarida bir xillik mutlaqo yo‘q. Lekin bitta jihati bundan mustasno. Ya’ni ikkalasining “kardio”si mukammal. Har ikkisi besh raund bir xil “temp”da ishlay oladi. Mana shu omil bizga 5-raund dahshatli jang guvohi bo‘lishimizga zamin yaratadi. “Temp” masalasida balki Xabibda biroz ustunlik bordir. Chunki Xabib 5-raund bir tekisda harakat qiladi.

Tonida ba’zi holatlarda bo‘ladi-ki, zarba o‘tkazib yuboradi, yiqiladi. Shunday vaziyatlarda ham dumalab, turli xil harakatlar bilan yana jangni davom ettiradi. Biroq ma’lum bir vaqt unda pasayish yuzaga keladi. Bu charchab qolishdan emas, shunchaki uning ritmi buziladi. To‘g‘riroq qilib aytganda, jang olib borish ritmi buziladi. Shu ma’noda juda kichik ustunlik Xabibda degan bo‘lardim!

129993-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umid Nazarov
11/12/2019 07:39
Habib ham kup maqtanadiku
Lion Kurbanov
11/12/2019 04:51
Xa eng jiddiy jang bo'ladi, bemalol aytishim mumkinki imkoniyatlar teng. Tony o'zgacha u na jastin na coner emas. Tonyda bir xil uslub Yo'q, asartimente ko'p, partetda ham mukammal ishlay oladi. U juda kuchli, xozirgi vaqtga ufc da qirol darajasiga chiqishi mumkin, xozircha u Shahzoda. taxt uchun ikki valeaxt kurash olib boradi, bu taxtlar o'yini.lekin bu o'yinda yana bir valeaxt ufc ning arzanda o'g'loni bor, uni unitishga haqqimiz Yo'q, u habib, conerni yer bilan bitta qilgan, jastinni yeglashga majbur qilgan
Lion Kurbanov
11/12/2019 05:04
O'zini kamtar tutishi bilan muxlislar qalbdan chuqur joy olgan, o'z raqibini oktagondan tashqarida hurmatini juda o'rniga qo'yadigan, juda kamtar, maqtanishni eplay olmaydigan va yoqtirmaydigan oddiy hayot tarzini ma'qul dep biladigan ufcning arzandasi habib nurmagamedov bu jangda tonydan ancha jihatlardan shaxsiy fikrimcha ustun.ertaglardagi o'sha ssenariy jang 5 raundga cho'zilishi va unda habib o'zining tinim bilmasligi bilan ajralib turishi natijasida jang so'ngida g'alaba qozonishi mumkin dep hisoblayman, habib nurmagamedov ufcning hozirgi kunda tengsiz jangchisi, hattoki uning raqibi tony bolsaham uning oldida ip yecholmaydi, kichik ustunlig bilan habib
Shaeali qurbonov
Lion Kurbanov
11/12/2019 05:22
O'zini kamtar tutishi bilan muxlislar qalbdan chuqur joy olgan, o'z raqibini oktagondan tashqarida hurmatini juda o'rniga qo'yadigan, juda kamtar, maqtanishni eplay olmaydigan va yoqtirmaydigan oddiy hayot tarzini ma'qul dep biladigan ufcning arzandasi habib nurmagamedov bu jangda tonydan ancha jihatlardan shaxsiy fikrimcha ustun.ertaglardagi o'sha ssenariy jang 5 raundga cho'zilishi va unda habib o'zining tinim bilmasligi bilan ajralib turishi natijasida jang so'ngida g'alaba qozonishi mumkin dep hisoblayman, habib nurmagamedov ufcning hozirgi kunda tengsiz jangchisi, hattoki uning raqibi tony bolsaham uning oldida ip yecholmaydi, kichik ustunlig bilan habib
Sherali qurbonov
Umid Narziqulov
10/12/2019 22:22
Davron yozsenng tori yoz toni aqshlik mas meksikalik
&
Baksyor
10/12/2019 23:20
Toni aqshlik buni barcha biladi
Umid Narziqulov
12/12/2019 18:01
Meksikalik
&
Baksyor
12/12/2019 22:53
Toni fergusondi beografiyasini kuring u aqshlik aqshda tug'ilgan nega meksikalik deyapsiz xayronman xati ismi xam ispancha emasku
Umid Narziqulov
13/12/2019 05:27
Oga men doimi ufc ni boyicha musobaqalardi oldindan korb turaman Dastin pore bln vatan dosh meksikalik jangchi db eshitganman internetda tekshirb koring Toni Feryuson biografiya deb blasz
&
Baksyor
14/12/2019 00:13
Dasten porier xam aqshlik men nafaqat kuraman balkim xar bir jangchini beografiyasini kurib u kimlar bilan jang qilgan kimga yutqizgan kimni yutkan yana janglarini youtubedan kurib xam chiqaman dust
&
Baksyor
14/12/2019 00:15
Общая информацияПолное имяЭнтони Арман Фергюсон (англ. Anthony Armand Ferguson)ПрозвищеЭль Кукуй (англ. El Cucuy)Гражданство СШАДата рождения12 февраля 1984 (35 лет)Место рожденияОкснард, Калифорния, СШАРост180 смВесовая категорияЛегкий вес (до 70,3 кг)
Полусредний вес (до 77 кг)Размах рук193 см
&
Baksyor
14/12/2019 00:17
Bu dasten porierniki
Общая информацияПрозвищеThe DiamondГражданство СШАДата рождения19 января 1989 (30 лет)Место рожденияЛафейетт, Луизиана, СШАРост175 смВесовая категорияЛёгкая (70 кг)Размах рук183 см
&
Baksyor
14/12/2019 00:18
Дастин Пуарье в 2011 годуОбщая информацияПрозвищеThe DiamondГражданство СШАДата рождения19 января 1989 (30 лет)Место рожденияЛафейетт, Луизиана, СШАРост175 смВесовая категорияЛёгкая (70 кг)Размах рук183 смКарьерас 2009 года по н. в.КомандаAmerican Top TeamСтильБокс, Бразильское Джиу-ДжитсуСтепень мастерства     Черный пояс по бразильскому джиу-джитсу