
Xabib Nurmagomedov murabbiyi: Fergyusonning tirsaklari Xabibga muammo bo‘lishi mumkin
UFC engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedovning ustozi Xaver Mendesning ta’kidlashicha, Toni Fergyusonga qarshi jang uning shogirdiga qiyin kechishi mumkin.
"Fergyusonning tirsak zarbalari Xabibga muammo bo‘lishi mumkin, ammo biz to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rsak, bunday bo‘lmaydi.
Tirsak zarbalari muammo tug‘durishi mumkin, ammo bunday bo‘lmaydi ham! Men doim qiyin janglarni va hakamlarning qarorlarini kutaman.
Tonini hurmat qilishimiz kerak! O‘ylashimcha, unga qarshi jang oson bo‘lmaydi.
Xabibni "parchalanib" ketmaydigan qilib shug‘ullantiraman," - dedi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang UFC 249 doirasida 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar