
Xabi Alonso vaqtincha "Real" yarim himoya chizig‘ida o‘zgarish qiladi
Xabi Alonso Jud Bellingem yo‘qligida "Real"ning yarim himoya chizig‘idagi o‘yinini o‘zgartiradi. Angliyalik futbolchining elkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, uning tiklanishi uchun 10 haftadan 12 haftagacha vaqt ketadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar bosh murabbiyi asosiy tarkibda Arda Gyuler va Franko Mastantuononi birga o‘ynatishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, turkiyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida doimiy ravishda o‘ynay olishini isbotlagan va murabbiylar shtabi uni qo‘llab-quvvatlamoqchi.
Alonso argentinalik futbolchini ikkinchi markaziy yarim himoyachi sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, futbolchi faqat 14 avgust kuni - 18 yoshga to‘lgan kuni jamoaga qo‘shila oladi. Biroq uning klubga moslashuvi uzoq davom etmasligi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, La Liganing dastlabki o‘yinlarida Eduardo Kamavinga maydonga tushadi. G‘oya Gulerni hujumga yaqinroq qaytarish va maydon markazini frantsuzga topshirishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, Braim Dias va ayniqsa Rodrigo asosiy tarkibda maydonga tushish uchun juda kam imkoniyatga ega ekani aytilmoqda.
Fikrlar