Xabi Alonso “Manchester Siti” yulduzini xafa qildi

  • 17 iyul, 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan mashhur agent Jorje Mendesh “Manchester Siti” yulduzi Bernardu Silvaga boshqa jamoa topishga harakat qilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik agent o‘z hamyurtini “Real”ga joylashga urinib ko‘rdi.  

Don Balon nashrining yozishicha, Jorde Mendesh “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, Bernardu Silvaning xizmatlarini taklif qilgan. Mendesh madridliklarni qiziqishtirish maqsadida “Manchester Siti” tajribali o‘yinchini bu yoz bepul qo‘yib yuborishi mumkinligini ham ma’lum qildi.

Bernardu Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Biroq futbolchi hamkorlikni davom ettirishni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, Jorje Mendeshning taklifini madridliklarda qiziqish uyg‘otmadi. Qolaversa, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bu transferni blokladi. Ispaniyalik mutaxassis o‘z qarorini tarkibni yoshartirishga e’tibor qaratayotgani va bu jarayonda 30 yoshli Bernardu Silvaning xizmatiga ehtiyoj yo‘qligi bilan izohlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!