
Xabi Alonso eng mashhur yulduzni “Real”dan yo‘qotadigan bo‘ldi
Tez orada “Real” boshqaruvida o‘zgarish ro‘y beradi. Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti o‘rnini “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlab kelgan Xabi Alonso egallaydi.
Ispaniyalik mutaxassisning Madridga kelishi “Real”ning hozirgi tarkibida o‘ynayotgan ayrim o‘yinchilar uchun qimmatga tushadi. Xususan, jamoadagi yagona “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich o‘ziga boshqa jamoa topishga majbur bo‘lishi aytilmoqda.
Xabi Alonso 39 yoshli xorvatiyalik futbolchining “Real” uchun katta ahamiyatga ega ekanini juda yaxshi tushunib turibdi, biroq u Modrichni kelajakdagi rejalariga kiritishni istamayapti va o‘zi amalga oshiradigan loyihaga yoshi o‘tib qolgan pleymeykerni kiritmoqchi emas.
Alonso maydon markazida tarkibdagi boshqa o‘yinchilarni qo‘ymoqchi va bundan tashqari, klub xo‘jayinlaridan o‘ziga ma’qul yarim himoyachi olib berishni so‘ragan.
Oxirgi voqealar rivojidan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo‘lsak, Modrichning 30 iyun kuni tugaydigan bitimi katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.
Fikrlar