World Boxing kubogi. 9 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Ayni kunlarda Nyu-Dehli shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final qismiga mezbonlik qilmoqda. Bugun yarim final janglari yakunlandi. Natijalarga ko‘ra, 9 nafar bokschimiz musobaqaning final qismiga yo‘l oldilar. 4 nafar vakilimiz bo‘lsa bronza medali bilan Toshkentga qaytadigan bo‘ldi.
Finalchilarimiz:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-55 kg. Samandar Olimov
-75 kg. Javohir Abdurahimov
-85 kg. Jasurbek Yo‘ldoshev
-90 kg. Nusratbek Tohirov
+90 kg. Halimjon Mamasoliev
-48 kg. Farzona Fozilova
-70 kg. Aziza Zokirova
+81 kg. Oltinoy Sotimboeva
Bronza medali egalari:
-60 kg. Dilshod Abdumurodov
-65 kg. Adham Muxiddinov
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-51 kg. Gulsevar Ganieva
Ertaga musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar