
VXL. Pley-offga chiqqan "Humo" bugun "Torpedo"ga qarshi bahs olib boradi
Bu safar Evgeniy Popixin shogirdlariga Nijniy Novgorodning "Torpedo-Gorkiy" klubi raqiblik qiladi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar hisobida 59 ochko mavjud va ular birinchi konferentsiyada 7-o‘rinni egallab turishibdi. Yodingizda bo‘lsa, "qanotlilar" o‘tgan hafta pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan edilar. 46 ochkosi bor "Torpedo-Gorkiy" esa allaqachon Petrov kubogi uchun kurashdan chiqib ketgan.
Fikrlar