
VXL. “Metallurg” Toshkentga jangovar tarkibda keldi
Ertaga Toshkentning “Humo” jamoasi Oliy Xokkey ligasi – Buyuk ipak yo‘li kubogida joriy yildagi o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazadi. Evgeniy Popixin shogirdlariga Novokuznetskning “Metallurg” jamoasi raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, “Metallurg” Toshkentga o‘zining jangovar tarkibi bilan tashrif buyurdi. Jumladan, musobaqa to‘purari Maksim Kitsin (44 shayba) va OXLning ayni paytdagi eng yaxshi assistenti Valeriy Polyakov (26 golli uzatma) ham jamoa bilan yurtimizga tashrif buyurdi.
To‘liq delegatsiya bilan quyida tanishish imkoniga egasiz.
Darvozabonlar: Andrey Litvinov, Vadim Nikitin, Aleksandr Pechurskiy.
Himoyachilar: Egor Jdanov, Dmitriy Akishin, Kirill Maslov, Aleksandr Yukseev, Vladislav Voropaev, Aleksey Ryabokonov, Danil Galeev, Erik Shevchenko.
Hujumchilar: Aleksey Shubin, Aleksandr Loktev, Maksim Kitsin, Valeriy Polyakov, Daniil Erdakov, Stanislav Butuzov, Vyacheslav Skobelev, Konstantin Parxomenko, Saveliy Maletin, Aleksandr Shevchenko, Artem Chernov, Maksim Askarov, Denis Dyuryagin.
Fikrlar