Gvardiola Husanovning o‘yinini qanday baholadi?

  • 10 avgust, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishi arafasida yozdagi yagona o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Bungacha “shaharliklar” AQShda yangi formatda tashkil qilingan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, bu turnirda to‘rtta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan edi.

Ispaniyalik mutaxassis jamoasining yozda o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashmaganini futbolchilarga dam berishga qaror qilgani va mashg‘ulotlarni o‘yinlardan foydaliroq, deb topgani bilan izohladi.

Demak, mavsumoldi yagona o‘rtoqlik uchrashuvida “shaharliklar” Italiyada “Palermo” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Gvardiola bu bahsga bugungi kunda eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan 22 nafar futbolchini jalb qildi va ularning hammasini amalda sinab ko‘rdi.

E’tiborli tomoni, Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.  

Uchrashuv manchesterliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilanya yakunlandi. Hisobni 25-daqiqada Erling Xoland ochdi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushganlarning hammasi tanaffusda o‘rnini zaxiradagi jamoadoshlariga bo‘shatib berdi.

Abduqodir Husanov birinchi bo‘limda harakat qilgan futbolchilar orasida eng faollaridan biri bo‘ldi va himoyani juda mustahkam ushladi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shilganlar orasida bahs qahramoni Tijani Reynders bo‘ldi. Ikkita gol urgan niderlandiyalik yarim himoyachi jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

O‘rtoqlik o‘yinidan keyin Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ning rasmiy mancity.com saytiga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, uchrashuvda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarni alohida tilga oldi.

- Biz Tijani Reynders raqib jarima maydonchasiga yorib kirganida o‘ta xavfli o‘yinchiga aylanishini bilardik edik. Niderlandiyalik yarim himoyachi hujumlarga qo‘shilishni xush ko‘radi. Italiyada uni juda yaxshi bilishadi. Reynders ikkita gol urdi va barcha jamoadoshlari kabi o‘yinni zo‘r o‘tkazdi.

Bu futbolchi tayanch zonada o‘ynay oladi, biroq unga Erling Xoland, Umar Marmush va boshqa hujumchilarni qo‘llab-quvvatlab oldinga o‘tish yoqadi. Biz undan mamnunmiz.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha uch futbolchi – Rayan Sherki, Rayan Ayt-Nuri va Tijani Reydersni o‘z safimizga qo‘shib olgandik va bu transferlar omadli chiqdi.

Xuddi shu fikrni Abduqodir Husanov haqida ham aytish mumkin. Bugun u yuqori salohiyatini namoyish qildi va Abduqodir men ko‘rgan kam sonli eng tezkor o‘yinchilardan biridir.

Biz ko‘p uchrashuv o‘tkazganimiz yo‘q, lekin mashg‘ulotlar juda yaxshi o‘tmoqda. Endi Manchesterga qaytib, hafta davomida oldindagi rasmiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz, - dedi Xosep Gvardiola.  

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasidagi ilk uchrashuvini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

 

Husanovchi? Gvadiola tez orada “Siti”dan ko‘pchilik ketishini aytdi

Husanov qancha olyapti? “Manchester Siti” futbolchilari maoshi e’lon qilindi

Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!