
VXL. "Humo" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Oliy Xokkey ligasi (VXL) muntazam chempionati doirasida Toshkentning "Humo" klubi bugun Rossiya Federatsiyasining Kurgan viloyatida mahalliy "Zaurale" jamoasiga qarshi muzga chiqdi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuvda Evgeniy Popixin shogirdlari o‘z darvozalaridan javobsiz 3 ta shayba olib chiqishdi.
Ma’lumot uchun, "Humo" o‘zining navbatdagi bahsini 22 sentyabr kuni Uchala shahrining "Gornyak" klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.
VXL. Muntazam chempionat
"Zaurale" (Kurgan) - "Humo" (Toshkent) - 3:0 (0:0, 1:0, 2:0)
Shaybalar:
1:0 - Artamonov (Chernikov, Garifulin) - 31:34 GB,
2:0 - Sulimov (Jig, Shiafotdinov) - 57:32,
3:0 - Shiafotdinov - 58:35 GM, PV.
Darvozabonlar: Yaroslavlev - Smiryagin.
Fikrlar