
VXL. "Humo" qatorasiga uchinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi
Toshkentning "Humo" jamoasi Samarada mahalliy TsSK VVS klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Qanotlilar" safida shaybalarni Ivan Yatsenko va Artyom Voroshilolar kiritishdi.
Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari qatorasiga uchinchi bellashuvda ham mag‘lub bo‘lishdi. Bundan oldin ular "Lada" va "Dizel"ga imkoniyatni boy bergan edilar.
Ma’lumot uchun, "Humo" o‘zining navbatdagi bahsini 15 noyabrda "ORJI" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
26:08 - (0:1) Ivan Yatsenko (Arseniy Eroxin) son jihatdan ustunlikda kiritilgan gol
39:32 - (1:1) Arsen Xisamutdinov (Radel Fazleev, Evgeniy Kolichev)
41:50 - (2:1) Aleksey Volgin (Evgeniy Kolichev, Aleksandr Stepanenko)
44:42 - (2:2) Artyom Voroshilo (Pavel Sinyavskiy, Sergey Ilin)
50:09 - (3:2) Bulat Nabiullin (Aleksey Volgin)
52:07 - (4:2) Arsen Xisamutdinov (bullit)
59:58 - (5:2) Arsen Xisamutdinov (Aleksey Puzanov) bo‘sh darvozaga
Fikrlar