VXL. "Humo" bugun "Zvezda"ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtira oladimi?

  • 16 mart, 2020, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

VXLning Petrov kubogida ishtirok etayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi musobaqaning chorak final bosqichida Moskvaning "Zvezda" jamoasiga qarshi bahs olib borayotganidan xabaringiz bor.

Tecno

Ushbu jamoalarning dastlabki 2 ta bellashuvi “Zvezda” maydonida bo‘lgan va uning birida mezbonlar, ikkinchisida esa toshkentliklar g‘alaba qozonishgan edi.

Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston Respublkasi xududida xalqaro sport tadbirlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq “Humo” o‘z uy o‘yinlarini Rossiyaning Voskresensk shahrida o‘tkazadigan bo‘ldi. Kechagi o‘yin 2:0 hisobida moskvaliklarning g‘alabachi bilan yakunlandi va "Zvezda" umumi hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.

“Humo” - “Zvezda” uchrashuvi bugu Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!